Mojo Vision qo`shimcha reallik linzalari

Mojo Vision kengaytirilgan reallik linzalarini ishlab chiqmoqda. Kompaniyaning asl maqsadi ko`rish qobiliyati zaif va undan mahrum bo`lgan odamlarga tashqi dunyo bilan o`zaro munosabatda bo`lishga yordam berishdir. Biroq, bu texnologiya ko`proq imkoniyatlarga ega.

Taqdim etilgan linzalarida dinamik displey, ko`zni kuzatish datchiklari, energiya manbai va hatto simsiz internet aloqasi mavjud. Shu bilan birga, linzalar tashqi tomondan qaralganda oddiy linzalardan umuman farq qilmaydi.

Birinchi kengaytirilgan reallik kontakt linzalarining prototipi toksikologik tekshiruvdan muvaffaqiyatli o`tdi. Mojo Vision tez orada to`liq ishlaydigan kontakt linzalarni bozorga taqdim qilishi kutilmoqda. Hozirda iste`molda uning muqobillari yo`q.