NATOning reaktiv kostyumida “yaralangan” askarga qon yetkazildi

NATO mashg`ulotlarida reaktiv kostyum sinovdan o`tkazildi. Uchuvchi tog`li yo`l bo`ylab uchib ketishdi va “yarador” harbiyga qon plazmasini yetkazib berishdi.

2021-yil dekabr oyi oxirida Britaniyaning Gravity Industries kompaniyasi Sloveniya o`rmonlarida NATO jangovar qidiruv-qutqaruv mashqlarida Jet Suit reaktiv kostumini sinovdan o`tkazdi. Sinov vaqtida kashfiyot egasi Richard Brauning tog` yo`li ustidan uchib o`tib, “yarador” deb belgilangan askarga qon plazmasini yetkazib berdi.

Reaktiv kostyum 1050 ot kuchi va 144 kilogramm tortish quvvatiga ega beshta gaz turbinali dvigatellar bilan jihozlangan. Jet kostyum sizga landshaft va ob-havo sharoitiga qarab uchdan to`rt daqiqagacha besh kilometr masofani uchib o`tish imkonini beradi. Kostyum soatiga 80 kilometr tezlikka erishish imkonini beradi va uchuvchini 3,5 ming metr balandlikka ko`tara oladi.