Nazarboyevning kuyovlari rahbarlikdan haydaldi

Bu haqida “Samruk-Qazina” jamg`armasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan press-relizda bayon etiladi.

“QazaqGaz” Milliy kompaniyasi boshqaruv kengashining 2022-yil 14-yanvardagi qaroriga asosan K.K.Sharipbayev, taqdim etgan arizasiga ko`ra, “QazaqGaz” Milliy kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi lavozimidagi vakolatlari muddatidan avval tugatildi.

“KazTransOil” AK boshqaruv kengashining 2022-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq, taqdim etilgan arizaga asosan D.G.Dosanovning “KazTransOil” AK Bosh direktori (boshqaruv raisi) lavozimi bo`yicha vakolatlari muddatidan avval tugatildi.