Odamga birinchi marta cho`chqa yuragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi

AQShning Merilend universiteti tibbiyot markazi shifokorlari geni o`zgartirilgan cho`chqaning yuragini birinchi marta odamga muvaffaqiyatli ko`chirib o`tkazishdi.

Bemor 57 yoshli Devid Bennet bo`lib, u davolab bo`lmaydigan yurak xastaligidan aziyat chekkan. Bennet AQShning bir qancha nufuzli transplantatsiya markazlarida klassik inson yurak transplantatsiyasi operatsiyasidan bosh tortgan va eksperimental jarrohlik amaliyoti uning hayotdagi so`nggi imkoniyati bo`lgan.

Shifokorlarning ta`kidlashicha, amalga oshirilgan operatsiya natijasida hayvonning genetik jihatdan o`zgartirilgan yuragi bemor organizmi tomonidan darhol rad etilmadi va odamning yuragi kabi ishlay olishini birinchi marta ko`rsatdi.

Bemor keyingi bir necha haftani shifokorlarning jiddiy nazorati ostida o`tkazadi. Jarrohlar operatsiyaga optimistik ruhda qaramoqda va kelajakda bunday operatsiyalarni o`tkazish donor organlar yetishmasligi muammosini hal qilishiga ishonishmoqda.