Germaniyada “На земле Заратуштры” (“Zardusht diyorida”) adabiy almanaxi nashr etildi.
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati ma`lumot berishicha, Germaniyaning Xexingen shahrida Lada Baumgarten tahriri ostida nashr etilgan bu kitobdan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zolari Nikolay Ilin, Risolat Haydarova, Galina Dolgaya va Muhabbat Yo`ldoshevalarning hikoyalari o`rin olgan.
Almanax “Zardusht diyorida” ma`naviy madaniyat assambleyasi doirasida bo`lib o`tgan ikkita – “Zardusht diyorida” va “Sharq – nozik masala” nomli xalqaro adabiy tanlov g`oliblari va hay`at a`zolarining asarlaridan iborat. Kitob tanlovlarining tashkilotchisi – Yevropa Yozuvchilar gildiyasi qo`llab-quvvatlashi asosida chop etildi.
Tanlovlarda O`zbekiston, Belarus, Belgiya, Germaniya,
Litva, Isroil va Germaniyada istiqomat qilayotgan yozuvchilar ishtirok
etgan.
Tanlov yoshi va yashash joyidan qat`i nazar, ishtirok etishni istagan har bir
yozuvchi uchun o`z iste`dodini namoyon etishga imkoniyat yaratishga harakat
qildi. Asarlarga qo`yilgan bosh talab Sharq an`analari va ma`naviy dunyosini
bor go`zalligi bilan ochib berishdan iborat edi.
Almanaxda Risolat Haydarovaning “Daraxt meva tukkanda”, Galina Dolgayaning “Chag`alay qanotlari”, Nikolay Ilinning “Chapga burilish”, Muhabbat Yo`ldoshevaning “Tungi mehmon” hikoyalari o`rin olgan.
N.Usmonova, O`zA