O`zbekistonda oliy ta`lim qamrovini 50 foizga oshirish rejalashtirildi

O`zbekistonda 2026-yilgacha yoshlarni oliy ta`limga qamrab olishni 50 foizgacha oshirish mo`ljallanmoqda. Bu yangi “2022-2026-yillarda O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjat asosida 2022-yil oxirigacha qamrovni 38 foizga yetkazish, besh yil ichida esa talabalarni qamrab olish darajasini 250 ming nafargacha oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelgusi o`quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqil davlat oliy o`quv yurtlari o`z o`quv rejalari, malaka talablari, ta`lim tili va shaklini tasdiqlashi mumkin.

Qayd etilishicha, 2022-yilda 18,8 ming o`ringa mo`ljallangan 47 ta yotoqxona foydalanishga topshirilishi kerak. Ular davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.