O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni Janubiy Koreya OAV diqqat markazida

Janubiy Koreyada ingliz tilida chop etiladigan «The Korea Post» nashri sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov qalamiga mansub maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo AA muxbiri.

Unda qayd etilganidek, O‘zbekistonda ro‘y bergan o‘zgarishlarga nazar tashlansa, 2021 yil alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘lganini ko‘rish mumkin. Chunki o‘tgan yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlar nihoyasiga yetkazildi. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiyot o‘sishining yuqori surʼatlarini saqlab qolish mazkur Strategiya bo‘yicha iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining asosiy vazifasi bo‘ldi.

O‘tgan yili pandemiya davrida  iqtisodiy o‘sish 1,6 foizni tashkil etdi, agrar jabha mahsulotlari hajmi 3 foizga, xizmatlar jabhasi -2,3, sanoat – 0,7 foiz o‘sdi.

Shu bilan birga, ushbu maqolada Strategiyadagi iqtisodiy islohotlarning ikkinchi paketi tizimli o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalar va diversifikatsiya qilish hisobidan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgani alohida taʼkidlangan.

Yuqoridagilar bilan birga, maqolada pul-kredit siyosati, bozor mexanizmlaridan qo‘llanish, milliy valyuta barqarorligi taʼminlanishi vazifalarining bajarilishi, O‘zbekiston islohotlariga Jahon banki tomonidan berilgan baholarga oid maʼlumotlar ham o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilingan.