O`zbekistonning harbiy dronlari borligi ma`lum bo`ldi

O`zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilayotgani ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, “LOCHIN” nomli yangi va zamonaviy mazkur apparat Markaziy Osiyoda ilk bora O`zbekistonda ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan.

Ushbu dronlar razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma`lumot olish, artilleriya o`t ochish jarayonini boshqarish, muhim obyektlarni kuzatib borish kabi vazifalarni bajarish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi.