Pfizer: Koronavirusga qarshi yillik emlash kerak

Shanba kuni Pfizer bosh direktori Albert Burla har yili Covid-19 vaktsinasi bilan emlash virusga qarshi kurashish uchun takroriy kuchaytiruvchi dozalarni olishdan ko’ra yaxshiroq ekanini aytdi.

Isroilning N12 News veb-saytiga bergan eksklyuziv intervyusida u Covid-19 bilan kurashishning eng yaxshi usuli bu bir necha oyda olinadigan kuchaytiruvchi dozalar emas, balki har yili berilishi mumkin bo’lgan vaktsina ekanligini aytdi.

Burlaning ta’kidlashicha, “Pfizer” kompaniyasi virusning boshqa shtammlariga qo’shimcha ravishda “Omicron”ga qarshi tura oladigan vaktsina yaratishga intilmoqda.