Prezident ma`naviyat haqida gapirdi

“Kimki ma`naviyat masalasi – bu faqat Ma`naviyat va ma`rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o`ylasa, xato qiladi”, – dedi Prezident.

“Ma`naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo`lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo`ladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Strategiyaning ma`naviy taraqqiyotni ta`minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo`nalishi bo`yicha Prezident quyidagi vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi:

– mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish;

– jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish;

– mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish.