Qilichbozlarimiz Jahon kubogida yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

Tbilisi shahrida qilichbozlik bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Bugun yakkalik dasturida g`olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Musobaqada qizlarimizdan Zaynab Dayibekova, yigitlarimizdan Sherzod Mamutov medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan edilar. Mamutov 1/64 bosqichida rossiyalik Dmitriy Danilenko bilan bahsda 11:15 hisobida mag`lubiyatga uchragan bo`lsa, Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini 15:14 hisobida dog`da qoldirdi. Biroq keyingi davrada italiyalik Eliza Passaroga (13:15) imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Endi hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda o`z omadlarini sinab ko`rishadi.