Radboud universiteti xalqaro stipendiya dasturi

Niderlandiyada joylashgan Radboud universitetining 2022 o`quv yili xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantni qo`lga kiritish uchun dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar ariza berish huquqiga ega. Grant berilishidan maqsad magistratura darajasida taʼlim olishni istagan xalqaro talabalarni qo`llab-quvvatlashdir.

Grant deyarli barcha akademik yo`nalishlar va mutaxassisliklar uchun taqdim etiladi. Ajratilgan grant miqdori o’qish va yashash xarajatlarini to’liq qoplaydi. Har yili universitet tomonidan 12 ta to`liq, 25 ta qisman qoplanadigan grantlar ajratiladi.

Universitet 1923 yilda tashkil topgan. Universitetda 23000 nafar talabalar ta’lim oladilar. Universitet dunyo OTMlari orasida TOP 150 talik ro`yxatiga kiritilgan.

Radboud universiteti granti tafsilotlari:

Universitet: Radboud universiteti;

Ilmiy daraja:  magistratura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq va qisman qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Niderlandiya;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 28 fevral.