Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya yadro urushiga qarshi chiqdilar

Yadro quroliga ega beshta davlat – Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari “yadro urushi va qurollanish poygasining oldini olish to`g`risida” qo`shma bayonot berdi. Hujjat Kreml saytida e`lon qilindi.

“Biz yadro urushida g`olib bo`lishi mumkin emasligini va u hech qachon boshlanmasligi kerakligini e`lon qilamiz. Yadro qurolidan foydalanish keng qamrovli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sababli, biz yana bir bor tasdiqlaymizki, yadroviy qurollar mavjud bo`lar ekan, ular mudofaa maqsadlariga xizmat qilishi, tajovuzni to`xtatib turishi va urushning oldini olishi kerak. Biz bunday qurollarning yanada tarqalishining oldi olinishi kerak deb hisoblaymiz”, – deyiladi xabarda.

Beshta davlat rahbarlari Yadro qurolini tarqatmaslik va o`zaro nishonga olmaslik to`g`risidagi shartnomaga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar hamda yadroviy qurollarni tarqatmaslik, qurolsizlanish va qurolsizlanish ustidan nazorat sohasidagi ko`p tomonlama kelishuv va majburiyatlarga rioya qilish muhimligini ta`kidladilar.