Shvetsiya hukumati xalqaro grant dasturi

Shvetsiya hukumatining 2022-o`quv yili xalqaro grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantni qo`lga kiritish uchun dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar ariza berish huquqiga ega. Grant berilishidan maqsad magistratura darajasida taʼlim olishni istagan xalqaro talabalarni moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlashdir.

Grant deyarli barcha akademik yo`nalishlar va mutaxassisliklar uchun taqdim etiladi. Ajratilgan grant miqdori o’qish va yashash xarajatlarini to’liq qoplaydi. Dastur doirasida talabalar Shvetsiyaning istalgan OTMlariga o`qishga kirishlari va taklif qilinayotgan 300 ta grantlardan birini qo`lga kiritishlari mumkin.

Shvetsiya hukumati xalqaro granti tafsilotlari:

Ilmiy daraja:  magistratura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Shvetsiya;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2022-yil 28-fevral.