Sud Pentagonga vaktsina olishdan bosh tortgan dengiz floti xodimlarini jazolashni taqiqladi

AQSh sudining qarori Pentagonga Covid-19 vaktsinasini olishdan bosh tortgan va hukumatga qarshi sudga da’vo qilgan 35 nafar dengiz floti a’zolarini jazolashiga to’sqinlik qiladi.

AQSh okrug sudyasi Rid O’Konnor Harbiy-dengiz kuchlarining da’vosini qanoatlantirdi va harbiy xizmatchilar o’z e’tiqodlari tufayli vaksinadan voz kechish huquqiga ega ekanligini ta’kidlab, diniy erkinlik asoslari bo’yicha buyruq berdi.

Dekabr oyining oxiridan boshlab harbiy xizmatchilarning 98 foizi, jumladan, zahiradagilar ham koronavirusga qarshi vaktsina oldi.

2021-yil avgust oyida AQSh Mudofaa vazirligi armiyaning barcha aʼzolaridan sentabr oyining oʻrtalariga qadar koronavirusga qarshi vaktsina olishni talab qilib, vaksinadan bosh tortganlarni ishdan boʻshatish bilan tahdid qilgan edi.