Taraqqiyot strategiyasi bo`yicha yana bir muhim topshiriq berildi

Taraqqiyot strategiyasidagi yana bir muhim vazifa – Vatanimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishdan iborat.

Bu borada Prezident dunyoda va mintaqada yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni inobatga olib:

– Yangi O`zbekiston xavfsizligi konsepsiyasini qabul qilish;

– axborot texnologiyalari bilan bog`liq xurujlarning oldini olish va kiber xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi ishlarni takomillashtirish;

– Qurolli Kuchlarning boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqish;

– favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;

– ichki va tashqi moliyaviy oqimlarni monitoring qilish va ular bilan bog`liq xavf-xatarlarni oldini olish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olish bo`yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.