Tashqi ishlar vaziri AQSh Davlat kotibi yordamchisi bilan suhbatlashdi

2022-yil 12-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo’yicha yordamchisi Donald Lu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida O’zbekiston-AQSh hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va kelgusidagi tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.