Twitter AQShda respublikachi kongressmen ayolning akkauntini blokladi

“Twitter” ijtimoiy tarmoq sayti koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan respublikachi kongressmen Marjori Teylor Grenning shaxsiy akkauntini blokladi.

Saytda shunday deyilgan: “Biz koronavirus haqida dezinformatsiya siyosatini bir necha bor buzganligi sababli saytimizdagi Grenning akkauntni doimiy ravishda taqiqlab qo’ydik.”

Twitter avvalroq koronavirus va unga qarshi vaksinalar haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun uning akkauntini to‘xtatib, u chop etgan bir qator materiallarni “chalg‘ituvchi” deb ta’riflagan edi.

Axborot manbalarining ta’kidlashicha, “Gren hali ham Kongressdagi rasmiy akkauntiga kirishi va yozishi mumkin”.

Marjori Teylor Gren fitna nazariyalarini va AQSh prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilishni targ’ib qilishi bilan mashhur.