Ukrainada AQSh maslahatchilari doimiy asosda ish boshladi

Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot xizmati AQShdan ikki maslahatchi Mudofaa vazirligida doimiy asosda ish boshlaganini ma’lum qildi.

“AQSh maslahatchilari Kris Rizzo va Todd Braun 2022-yil 11-yanvardan boshlab Ukraina Mudofaa vazirligining Mudofaa siyosati departamentida doimiy asosda ishlay boshladilar”, — deyiladi ma’muriyat Facebook’dagi bayonotida.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, maslahatchilarning asosiy vazifalariga mudofaa siyosati masalalari, shuningdek, Yevroatlantika integratsiyasi bilan bogʻliq islohotlar chora-tadbirlarini amalga oshirishda maslahat yordami koʻrsatish kiradi.