Vashington amerikalik diplomatlarning oilalaridan Kiyevni tark etishni so’radi

AQSh Ukraina poytaxti Kiyevdagi diplomatlarining oilalariga Rossiyaning harbiy harakatlari tahdidi tufayli mamlakatni tark etishni buyurdi, dedi yakshanba kuni Davlat departamenti.

Vashington o’z elchixonasi xodimlarining u yerdan ixtiyoriy ketishiga ham ruxsat berdi.

Shanba kuni AQSh Davlat departamenti AQShning Kiyevdagi elchixonasi xodimlarining oilalarini Ukrainadan evakuatsiya qilish niyati haqidagi xabarlarni tasdiqlashdan bosh tortgan edi.