Vashington Eronni ogohlantirdi

AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan Eronni AQSh fuqarolariga hujum qilsa, jiddiy oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirdi.

Sallivan, yakshanba kuni Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotda shunday dedi: “Kecha Eron 52 amerikalikka qarshi sanksiyalar qo’llash niyatini e’lon qildi. Ular buni Eronning qurolli kuchlari Yaqin Sharqdagi Amerika kuchlariga hujum qilishda davom etayotgan bir paytda qilmoqdalar. Eron rasmiylari Qo’shma Shtatlar ichida terroristik amaliyotlar o’tkazish bilan tahdid qilmoqda.

U davom etib: “Xato qilmang: Qo’shma Shtatlar o’z fuqarolarini himoya qiladi, shu jumladan, hozir Qo’shma Shtatlarga xizmat qilayotgan va avval unga xizmat qilganlarni. Biz, amerikaliklar sifatida, siyosat borasida farqlarimiz bor. Eronga nisbatan siyosatda farqlarimiz bor. Lekin biz har qanday tahdid va provokatsiyalarga qarshi turishda, xalqimiz himoyasida birlashamiz’, dedi.

Sallivan yana: “Biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan Eronning har qanday hujumlarini oldini olish va ularga javob berish uchun harakat qilamiz. Eron bizning fuqarolarimizdan biriga, jumladan, kecha ismlari e’lon qilingan 52 kishidan biriga hujum qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib keladi”, dedi.