Xitoy 2021-yilda eng ko`p kosmik parvozlar bo`yicha jahon rekordini o`rnatdi

Xitoy yiliga kosmik parvozlar soni bo`yicha yangi milliy rekord o`rnatdi. Ularning soni 2021-yilda 55 taga yetdi.

Xitoy oktabr oyi oxirida 40-marta parvoz uyushtirishi bilan bir yil ichidagi kosmik parvozlar soni bo`yicha o`zining rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 2018 yilda qayd etilgan 39 ta parvoz bo`lgan va bu ko`rsatkich 2020-yilda ham takrorlandi.

Payshanba kuni Xitoy joriy yildagi so`nggi parvozni amalga oshirdi. “Chanchjen 3V” raketasi yordamida mamlakat janubi-g`arbidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan kosmodromidan tajribaviy aloqa sun`iy yo`ldoshi “Shiyan-9” orbitaga muvaffaqiyatli ravishda olib chiqildi.