Authors Posts by Vatandosh

Vatandosh

6649 POSTS 0 COMMENTS

“Afrosiyob” tezyurar poezdi taqdimoti

2011-yil 30-avgustda “Interkontinental” mehmonxonasida «Toshkent — Samarqand» temir yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. “Afrosiyob” elektropoezdi 250 km/soat tezlikda harakatlanish imkoniga ega bo‘lib, uning ilk qatnovi Toshkent – Samarqand temir yo‘l uchastkasida yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar qiladi “O’zbekiston temir yo‘llari” DATK Axborot xizmati. «PATENTES TALGO S.L.» (Ispaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu tezyurar poyezd 22-iyulda...

GMdan yana bir qo’shma korxona

General Motors va "O'zavtosanoat" aksionerlik kompaniyasi 2012 yilda yengil avtomobillar uchun transmissiyalar ishlab chiqaradigan qo'shma korxona ochishni rejalashtirmoqda. Uzdailyning xabar berishicha, ayni paytda texnologik va moliyaviy masalalar ko'rib chiqilmoqda. Loyiha qiymati 310 million AQSh dollari bo'lishi kutilayotgan bu korxona yengil avtomobillar uchun yiliga 250000 dona transmissiya ishlab chiqrishga mo'ljallangan. Loyihani ishga tushirish muddati 4 yilga mo'ljallangan. Agar loyiha amalga oshirilsa, bu...

20 yillikka yangi 500 so’mlik tangalar

2011-yil 1-sentabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Vatanimizning 20-yillik to'yi munosabati bilan 500 (besh yuz) so'mlik yubiley tangalarini muomalaga kiritadi. Olam.uzning xabar berishicha, tangalar oq rangli po'latda, nikel qoplamali bo'ladi. Tanganing old tomoniga (avers) Toshkent shahri markazidagi "Xalqaro simpoziumlar saroyi" tasviri tushirilgan. Saroy tasviri ostida "500 so'm" yozuvi joylashgan. Aylana bo'ylab "O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 20 YIL" yozuvi mavjud. Tanganing orqa tomoni (revers) markaziga O'zbekiston...

Suvi oqqan ingliz

HIDOYAT GULSHANI Bismillahir rohmanir rohiym. Bir kuni Iso alayhissalom ashoblari bilan yo‘lda ketayotsalar, harom o‘lgan itni ko‘rishibdi. Ashoblar hammalari burnilarini yopib: — Namuncha sasimasa, badbaxt, — deyishsa, Iso alayhissalom: — Tishini oqligini qarang, — deb undan ham bir yaxshilik topgan ekanlar. Foyda: Har narsaning tubida yaxshilik yashiringan. Insonlar esa har xil. Kimdir ayni narsaning yomon jihatini ko‘rsa, fazl ahli esa undan doim yaxshi jihat...

Fayzli Ramazon shukuhi (Fotogalereya)

Muborak ramazon oyining fazilatli kechalaridan biri. Ro‘zadorlar allaqachon iftorlik qilib, faqatgina ramazon oyiga xos tungi ibodat – taroveh namozini ado etish uchun masjidlarga oshiqmoqda. Shu kunlarda jome’larda birin-ketin xatmi Qur’on yakunlanmoqda. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) Qur’on xatmi yakunlangandan keyingi duolar ijobat bo‘lishi haqidagi hadislariga uyg‘un holda namozxonlar “bugun qaysi masjidda xatmi Qur’on yakunlanar ekan?” deya so‘rab, o‘sha masjidga shoshadilar. Xorijdagi vatandoshlarimizga yurtimizda...

Axbor Imomxo‘jaev: «Paxtakor» – dardim va quvonchim…

Mavlon SHUKURZODA 11-avgust! 1979-yilning saratoni tugash arafasi... Ukraina osmonida fojeali voqea sodir bo‘ldi. Sobiq Ittifoqning ajoyib jamoalaridan biri «Paxtakor» jamoasi joylashgan tayyora portlab ketdi. Ha, bu voqea agar paxtakorchilarga aloqador bo‘lmaganida, birov bilmasligi mumkin edi. Chunki u paytda bunaqa xabarlarni «yopib» yuborishardi. Biroq, bitta yaxlit jamoaning yo‘q bo‘lib qolishi baribir shubhalarni ochib tashlashi turgan gap edi. Xullas, qattiq zarba berildi....

Birinchi o’zbek millioneri

Mavlon SHUKURZODA Amerikadagi turkistonliklar jamiyati asoschilaridan biri Isoqjon Narziqulning hayot quvonchlari va tashvishlari haqida «Fojiaviylik odam ichki dunyosining tub mohiyatidir. Adolat, haqqoniylik yo‘lidagi faoliyatda yovuz kuchlarga duch kelinganda, shaxs xususiyati fojiali kechinmalar orqali ochila boradi. Fojia – odamning baxt yo‘lidagi qayg‘uli hamrohidir. Bu bir vaqtning o‘zida ham sevgi-muhabbat, ham nafrat, ham da’vat, ham sadoqat bo‘lib, oxir-oqibat, odamning o‘z umri badaliga o‘zligini...

Milliy cholg’uchilar tanlovidan reportaj

5-6 avgust kunlari Toshkent shahridagi G`afur G`ulom nomli madaniyat va istirohat bog`ida “Barhayot navolar” turkumidan milliy cholg`ular ijrochilarining Respublika ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Unda barcha viloyatlardan karnay-surnay, qo’shnay, bulamon, chanqovuz, sibizg’a kabi qadimiy milliy cholg’u asboblari ijrochilari ishtirok etdi. Videoreportajni Toshkentdan muxbirimiz Husniddin Ato tayyorlagan.

Toshkentda milliy cholg’u ijrochilari tanlovi o’tkazildi

5-6 avgust kunlari Toshkent shahridagi G`afur G`ulom nomli madaniyat va istirohat bog`ida "Barhayot navolar" turkumidan milliy cholg`ular ijrochilarining Respublika ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Unda barcha viloyatlardan karnay-surnay, qo’shnay, bulamon, chanqovuz, sibizg’a kabi qadimiy milliy cholg’u asboblari ijrochilari ishtirok etdi. Tanlov O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniyat-ma'rifat ishlari ilmiy-metodik hamda axborot markazi, xalqaro "Oltin meros" xayriya jamg`armasi,...

Turkiyalik vatandoshimiz Sobir Sayhonning yangi kitobi chop etildi

Mavlon SHUKURZODA Yaqinda Toshkentda, ko‘pchilikka tanish, Turkiyada istiqomat qiluvchi vatandoshimiz, xorijdagi taniqli o‘zbek adibi Sobir Sayhonning “Yurt sog‘inchi” nomli yangi qissasi bosmadan chiqdi. Kitob “Mumtoz so‘z” nashriyotida tayyorlangan. Asar O'zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlanadi. Asarda muallif sovetlar davrida sakkiz yoshida tog‘asi bilan xorijga ketib jon saqlashga uringan, tog‘asi halok bo‘lgach esa begona olamda, ota-onasiz, qarindoshlarsiz qolgan bir o‘smirning hayoti haqida hikoya...